Vatanparvarlar uchun yangi she'rlar to'plami - 14 yanvar tabrik sherlari

kod
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga, 
Tegadi g‘ururning baland tomiga, 
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t, 
Tortadi alamli o‘ylar domiga… 

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari, 
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari, 
Bolasin beshikda quchgan kelinchak, 
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari. 

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor, 
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor! 
Oh , mening yuragim - jon, O’bekiston, 
Mening muhabbatim aks etgan diyor. 

Ko‘taring boricha bu el shonini, 
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini, 
G’ayurlarning dami ichida qolsin, 
E’zozlab olishsin tilga nomini. 

Erkakdan omadni ayama falak, 
Jonini asragil, etmagil xalak. 
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam, 
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam. 

Erkakdan omadni ayama hayot, 
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod. 
Ishiga unum ber, hamyoniga pul, 
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil! 

Mayliga har zamon ichib "sher” bo‘lsin, 
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin. 
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda, 
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin! 

Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘, 
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘. 
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma, 
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma! 

Nomardga zor qilma, dushmaniga xor, 
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor. 
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur, 
Tokim yiqilmasin yuragida or. 

Hiyonat etmasin yori berib pand, 
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard. 
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i- 
Allohim, asragin bo‘lib panohi. 

..Erkakning boshini egma, ey falak?! 

Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir, 
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir. 
Ayollar qudrati mulki-erkakdir, 
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir. 

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar, 
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar. 
Oila butundir ular boridan, 
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan. 

Dasturxon qutligi - ular mehnati, 
Ustimiz butligi - ular himmati. 
Farzandlar chirog‘i - ular borligi, 
Muhabbatning bizga mudom yorligi. 

Erkaklar mardligi berur iftixor, 
Ularda mehr bor va muhabbat bor. 
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular, 
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular. 

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq, 
Shundayin erkaklar mehrga loyiq. 
Ular elimizning sodiq posboni, 
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni. 

Bayram muborakbod, aziz erkaklar, 
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar. 
Omon bo‘ling bola, onalar uchun, 
Sezing doim ayol mehrining kuchin. 

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki 
Naslning javhari, davlat tayanchi, 
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi, 
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi. 

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q, 
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat, 
Qizlar kulgusida avju daromad, 
Chollar uyqusida jannat, farog‘at. 

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, 
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz, 
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan 
Nomus-ori, e’tiqodi but kapitan. 

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, 
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga. 
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan, 
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz kapitan. 

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, 
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan? 

Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, 
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan. 
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz, 
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz. 
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan- 
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q kapitan!. 

Biringiz ugilsiz, biringiz yorsiz, 
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz. 
Ogirimiz yengil kilib doimo, 
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz. 
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga, 
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga. 
Yer va kukka sizni ishonmay, 
Doim aylanurmiz xamsoyangizga 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика